«orol dengizi» tegli maqolalar


Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi
19 fevral 2024, 18:00

Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida
25 yanvar 2024, 16:09

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida

Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida
9 yanvar 2024, 06:21

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi
3 may 2023, 10:53

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi

Rassom Inkuzart Orol dengizining qurigan qismida diametri 100 m bo‘lgan tinchlik ramzini chizib, o‘sha yerga ming tupdan ortiq saksovul ko‘chatlarini o‘tqazdi. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u buning uchun hech kimdan moddiy yordam so‘ramagani va loyiha uchun avvaldan pul yig‘ib yurganini aytdi.

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi
14 fevral 2023, 11:00

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi

Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet
17 may 2022, 12:14

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet

O‘zgidromet rahbari Sherzod Xabibullayev Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechayotganini ta’kidladi. Bu muzliklar erishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi
7 aprel 2022, 13:47

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi

XKS kosmonavti Oleg Artemev internet foydalanuvchilari iltimosiga ko‘ra Orol dengizi suratlarini e’lon qildi. Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orolning bir-biri bilan ingichka suv yo‘li bilan tutashgani hamda Qozog‘istondagi Kichik Orolning zumrad oynadek turgani aks etgan.

Orol dengizidan ko‘tarilgan qum va chang bo‘ronlari natijasida Qoraqalpog‘iston yiliga $44,2 million yo‘qotadi — Jahon banki
5 fevral 2022, 15:22

Orol dengizidan ko‘tarilgan qum va chang bo‘ronlari natijasida Qoraqalpog‘iston yiliga $44,2 million yo‘qotadi — Jahon banki

Orolqum cho‘lidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari tufayli yo‘qotishlar Qoraqalpog‘istonda yiliga 44,2 mln dollar yoki YAIMning 2,1 foizini tashkil etadi. Jahon banki tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Orol dengizi tubidagi landshaftni tiklash aholining salomatligi yaxshilanishiga olib kelishi va har yili 28−44 mln dollar miqdorida qo‘shimcha foyda keltirishi mumkin.

16 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 dekabr 2021, 22:00

16 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Denovdagi portlash yuzasidan uch mansabdor hibsga olingani, TikTok uzilishlar bilan ishlay boshlagani, «Qo‘yliq» bozorining bosqichma-bosqich ko‘chirilishi, G‘afur G‘ulom bog‘ini ijaraga olgan investor majburiyatlarini bajarmagani, tuproqshunos Galina Stulinaning Orol dengizi haqidagi intervyusi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 16 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilmoqda
22 sentabr 2021, 13:36

Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilmoqda

Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Qoraqalpog‘istonning Muynov tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda.

Germaniya Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi
27 fevral 2021, 17:34

Germaniya Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi

Germaniya Orolbo‘yi hududini ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi. Buni o‘zida aks ettirgan bitim O‘zbekiston va Germaniya tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, 4 yilga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.

Orol dengizining abadiy tarixi — Azamat Matkarimov suratlarida
9 noyabr 2020, 10:20

Orol dengizining abadiy tarixi — Azamat Matkarimov suratlarida

Azamat Matkarimov Mo‘ynoqqa va qisqarib borayotgan Orol sohillariga ko‘p tashrif buyuradi. U har doim o‘zi bilan kamerani olib, inson va tabiat o‘rtasidagi abadiy munosabatlarni suratga oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting